О‘zbekistonda bunday fuqarolarni chet elga tartibli va xavfsiz jo‘natish bo‘yicha muayyan ishlar qilinmoqda. Oxirgi ikki yilda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 70 ming kishi rivojlangan davlatlarga shu maqsadda yuborilgan.
Oʼzbekistonda mulkiy huquqlarni noqonuniy tajovuzlardan himoya qilish, mulkdorlar huquqlarini taʼminlashga qaratilgan 300 dan ortiq normativ hujjatlar qabul qilindi.
Orol fojiasi tufayli Markaziy Osiyoda iqlim oʼzgarishlarining salbiy oqibatlari jiddiy darajada sezilmoqda. Mintaqamizda havo haroratining oshishi jahondagi oʼrtacha koʼrsatkichdan ikki baravar koʼpdir.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-9 avgust kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi. Mamlakatimiz yetakchisi tashrif davomida Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvida va “Markaziy Osiyo+Yaponiya” formatidagi sammitda ishtirok etadi.
O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yillarida yashirin ovoz berish yo‘li bilan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi tamoyillariga qat’iy amal qilib, o‘z saylov qonunchiligiga xalqaro saylov standartlarini izchil joriy etmoqda.
Joriy yilning olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga koʼpaygan. Sanoat 7,8 foizga, qurilish 10,1 foizga, xizmatlar 12,9 foizga, qishloq xoʼjaligi 3,8 foizga oʼsgan. Byudjet daromadlari ham 113 trillion soʼmga yetib, 14 foiz oshgan.
Davlatimiz rahbarining “Аtoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Аjiniyoz Qoʼsiboy oʼgʼli tavalludining 200 yilligini keng nishonlash toʼgʼrisida”gi qarori Yangi Oʼzbekistonimiz maʼnaviy-ijtimoiy va adabiy-madaniy hayotida tom maʼnoda tarixiy voqea boʼldi.
Zamonaviy dunyoda so'z va axborot erkinligi demokratik jamiyatning asosiy elementidir. O‘zbekiston ushbu muhim sohada fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini mustahkamlash yo‘lida faol harakat qilmoqda, erkin axborot almashinuvi va axborot jamiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga intilmoqda.