O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-9 avgust kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi. Mamlakatimiz yetakchisi tashrif davomida Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvida va “Markaziy Osiyo+Yaponiya” formatidagi sammitda ishtirok etadi.
O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yillarida yashirin ovoz berish yo‘li bilan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi tamoyillariga qat’iy amal qilib, o‘z saylov qonunchiligiga xalqaro saylov standartlarini izchil joriy etmoqda.
Joriy yilning olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga koʼpaygan. Sanoat 7,8 foizga, qurilish 10,1 foizga, xizmatlar 12,9 foizga, qishloq xoʼjaligi 3,8 foizga oʼsgan. Byudjet daromadlari ham 113 trillion soʼmga yetib, 14 foiz oshgan.
Davlatimiz rahbarining “Аtoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Аjiniyoz Qoʼsiboy oʼgʼli tavalludining 200 yilligini keng nishonlash toʼgʼrisida”gi qarori Yangi Oʼzbekistonimiz maʼnaviy-ijtimoiy va adabiy-madaniy hayotida tom maʼnoda tarixiy voqea boʼldi.
Zamonaviy dunyoda so'z va axborot erkinligi demokratik jamiyatning asosiy elementidir. O‘zbekiston ushbu muhim sohada fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini mustahkamlash yo‘lida faol harakat qilmoqda, erkin axborot almashinuvi va axborot jamiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga intilmoqda.
O‘zbekiston elektrotexnika sanoatida mingga yaqin ishlab chiqarish korxonalari mavjud bo‘lib, ularning aksariyati kichik bo‘lib, ular ikki mingdan ortiq mahsulot ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, sanoatning deyarli barcha korxonalari xususiydir. Sohada band bo‘lganlarning umumiy soni 35 ming nafardan ortiqni tashkil etadi.