O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘rganish, jumladan, integratsiyalashuv va kasbiy mahoratni oshirish borasida jiddiy islohotlar amalga oshirildi
Yangilangan O‘zbekistonda keng qamrovli islohotlar jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalarini istisnosiz qamrab oldi. Ular, eng avvalo, insonning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, uning mavqeini yuksaltirish, yosh avlodning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda, yuksak salohiyatli, zamonaviy bilimga ega, ijodiy fikrlaydigan, xorijiy tillarni mukammal biladigan yosh mutaxassislarni tayyorlash strategik maqsadlardan biridir.