Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

O‘zbekistonда oziq-ovqat xavfsizligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlashdan boshlanadi



2026 yil 1 yanvardan boshlab fermerlar va dehqon ishlab chiqaruvchilari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bekor qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi aholisining deyarli yarmi qishloq joylarda istiqomat qiladi. Bu hududlardagi millionlab mehnatsevar odamlar mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti uchun mustahkam poydevor yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Mamlakat taraqqiyotini faqat shahar markazlari bilan cheklab qo‘yish mumkin emas; qishloq va chekka hududlarda ham hayotni qulay va barqaror qilish juda muhim.

Qishloq aholisiga g‘amxo‘rlik qilish va ularning faoliyatini rag‘batlantirish davlat va jamiyatdan alohida e’tibor talab qiladi. Davlat qo‘llab-quvvatlash choralariga qishloq xo‘jaligi sektori mustahkamlanishida hal qiluvchi omil sifatida qaralmoqda.

Shu bilan birga, agrar sohada yetarlicha muammolar mavjud — yuqori soliq yuki va moliyaga cheklangan imkoniyatlar norasmiy iqtisodiyotning kengayishiga olib kelmoqda. Turli baholarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining yarmiga yaqini huquqiy maydondan tashqarida faoliyat yuritmoqda, bu esa rentabellikni pasaytiradi va sohaning rivojlanishini to‘sadi. Formal iqtisodiyotga o‘tish uchun haqiqiy rag‘batlantirish choralarisiz, agrar sektorning investitsiya va modernizatsiya salohiyati cheklangan holda qoladi.

Shu jihatdan, 2026 yil 1 yanvardan boshlab fermerlar va dehqon ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarini (sabzavot, mevalar, go‘sht, sut, tuxum va boshqa oziq-ovqatlar) sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilishi vaqti-va ahamiyatli choradir. Don va paxta ishlab chiqaruvchilari bu qoidalarga kiritilmagan, chunki bu sohalar davlat boshqaruvidagi klasterlar orqali tartibga solinadi.

Shuningdek, urug‘, o‘g‘it, yoqilg‘i, logistika, elektr energiyasi va boshqa ishlab chiqarish xarajatlariga to‘langan QQS qaytarish amaliyoti ham davom etadi. Natijada fermerlar yiliga 700 milliard so‘mgacha mablag‘ni tejashi mumkin bo‘ladi.

QQS nol stavkasining joriy qilinishi soliq yukini kamaytiradi, fermerlarning sof daromadini oshiradi va modernizatsiya uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish imkonini yaratadi.

Prognozlarga ko‘ra, fermer xo‘jaliklarining rentabelligi 5–7 foizdan taxminan 15 foizgacha ko‘tariladi. Shuningdek, bu chora — subsidiyalar va imtiyozlarni aniqroq rejalashtirish imkonini beradi.

Yana bir ijobiy ta’sir — ichki qayta ishlash sanoatining o‘sishi bo‘ladi. Mahsulotlar mahalliy qayta ishlanganda, qayta ishlash korxonalariga va eksport logistika zanjirlariga investitsiyalarga talab ortadi, bu esa yangi ish o‘rinlari yaratilishiga va mehnat sharoitlarining yaxshilanishiga olib keladi.

So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini oziq-ovqat ekinlariga yo‘naltirish strategik ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib kelmoqda.

Paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilmoqda, ularning o‘rniga bog‘lar, uzumzorlar va sabzavot ekinlari rivojlantirilmoqda. Hozirga qadar taxminan 1 500 ta oziq-ovqat ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilgan bo‘lib, ularga umumiy qiymati taxminan bir milliard dollar investitsiya kiritilgan.

QQS nol stavkasining joriy qilinishi qayta ishlash va eksport faoliyatini yanada rag‘batlantiradi, agro-oziq-ovqat sektori salohiyatini mustahkamlaydi va mahsulotlarning xalqaro bozorda raqobatbardoshligini oshiradi.

Fermerlar va dehqonlar uchun bu daromadning katta qismini saqlab qolish imkoniyatini beradi. Tejalgan mablag‘lar xo‘jalikni rivojlantirish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash hamda ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilishga yo‘naltirilishi mumkin. Qishloq hududlari esa yangi ish o‘rinlari, texnologiyalar kirib kelishi, mahsulot sifatining oshishi va barqaror taraqqiyot uchun qulay muhitdan foyda ko‘radi.

Davlat uchun bu norasmiy iqtisodiyotni qisqartirish, hisobotlarda shaffoflikni oshirish va qo‘llab-quvvatlash choralari, soliq imtiyozlari hamda rivojlanish dasturlarini aniqroq rejalashtirish imkonini anglatadi. Jamiyat uchun esa yuqori sifatli va arzonroq oziq-ovqat mahsulotlariga yetarlicha erishish, qishloq iqtisodiyoti barqarorligini mustahkamlash va ichki agrosanoat qiymat zanjirlarini kuchaytirish imkoniyati yaratiladi.

Nadira RASHIDOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati



  ...