“Plastmassalar sanoati – Plastex Uzbekistan 2025” 15-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi 2025 yilning 23-25 sentyabr' kunlari “O‘zekspomarkaz” MKKning barcha ko‘rgazma maydonlarida bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazma tashkilotchilari: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Plastex Uzbekistan har yili polimer xomashyosi va asbob-uskunalari bo‘yicha yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilarining ilg‘or yechimlarini taqdim etish uchun plastmassa sanoati mutaxassislarini birlashtiradi. Xalqaro ishtirokchilar innovasiyalari va ishlanmalari O‘zbekistonning ko‘plab tarmoqlari uchun mustahkam tayanch bo‘lmoqda.
Ko‘rgazma miqyosi o‘tgan yilga nisbatan 19 foizga o‘sdi – Germaniya, Yeron, Hindiston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, Rossiya, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekistondan 250 dan ortiq kompaniya va brendlar Plastex Uzbekistan 2025da ishtirok etmoqda. Xitoy ishlab chiqaruvchilari Milliy pavil'on formatida ishtirok etadi.
“Plastex Uzbekistan –2025” ko‘rgazmasi nafaqat ishtirokchilar soni bo‘yicha, balki asosiy va periferik uskunalar miqyosi bo‘yicha ham rekord ko‘rsatgichlarni namoyish etmoqda – 2-pavil'onda nafaqat sanoat liniyalari balki alohida taqdimotlar ham diqqatga sazovordir. Ko‘rgazmada an'anaviy plastmassa ishlab chiqarish liniyalaridan tashqari, qayta ishlash uskunalari ham namoyish etiladi.
Haitian, Sedir Yzumi, Haida, Borche, Power Jet, Dianya, Wankai, Bole, Jwellningning texnik mutaxassislari turli xil plastik qoliplash usullari uchun mashinalarni tanlash bo‘yicha malakali maslahatlar beradi. Qolip ishlab chiqaruvchilari yangi mahsulotlarni chiqarish uchun qoliplash vositalariga buyurtma berish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda yordam beradi.
Bo‘limlar:
• Plastmassa ishlab chiqarish va qayta ishlash uskunalari;
• Xom ashyo va yordamchi materiallar;
• Polimer materiallar va qo‘shimchalar;
• Bosma qoliplar. Periferik uskunalar;
• Qayta ishlash va utilizasiya texnologiyalari;
• Plastik mahsulotlar;
• Qadoqlash va poligrafiya uskunalari.
Sanoatga talab ortib borayotgani, uning tarmoqlari kengaygani tufayli ko‘rgazma ko‘lami kengaydi. Ko‘rgazmaning yangi xususiyati – 4P Central Asia ixtisoslashtirilgan sektori – poligrafiya, qadoqlash, plastmassa va polimer sanoatidagi mahsulotlar, texnologiyalar va innovasiyalarni namoyish etishga mo‘ljallangan innovasion V2V platformasidir. Sanoatning to‘rt yo‘nalishini bir maydonda, bir sanalarda birlashtirish tamoyili mutaxassislarga bir nechta turdosh tarmoqlar doirasida individual va kompleks yechimlarni topish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratadi.
4P Central Asianing asosiy maqsadi - ishlab chiqarish zanjirining to‘liq siklini – polimer, poligrafiya va qadoqlash sanoatining o‘zaro ta'sirini namoyish etish orqali keng qamrovli yechimlarni taklif qilishdan iborat.
Ko‘rgazma an'anaviy tarzda tegishli davlat organlari va idoralari ko‘magida o‘tkazib kelinmoqda.
“Dunyo” AA