Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan “Barqaror o‘rmon xo‘jaligi asosida o‘rmonzorlashtirish va o‘rmon tiklash bo‘yicha harakatlar dekadasi” nomli rezolyutsiyani qabul qildi.
Rezolyutsiya hammualliflari 80 dan ortiq davlat bo‘lib, ular dunyoning barcha mintaqalarini, jumladan Markaziy Osiyo davlatlarini hamda Ozarbayjon, Rossiya, Braziliya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Portugaliya, Hindiston, Eron, Pokiston, BAA, Qatar va Bahraynni o‘z ichiga oladi.
Ushbu hujjat O‘zbekiston Prezidentining asosiy tashabbuslari, jumladan “Atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” iqtisodiyot yili” davlat dasturi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi va “Markaziy Osiyo “yashil” kamar” daraxt ekish aksiyasi asosida yaratilgan.
Rezolyutsiya 2027-2036 yillarni O‘rmonzorlashtirish va o‘rmon tiklash harakatlar dekadasi deb e’lon qiladi, kuch va resurslarni mobilizatsiya qilishga chaqiradi, shuningdek, davlatlar va tashkilotlarga tegishli chora-tadbirlarni kuchaytirishni tavsiya etadi.
“Dunyo” AA